21 iyu 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkinning navbatdagi jangi Jidda shahrida o'tkaziladi
Superog'ir vazn toifasida rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin 12 iyul kuni ringga ko'tariladi.
Bu malumotni rossiyalik bokschining britaniyalik promuteri Eddi Xirn tasdiqladi. Povetkin bo'lajak jangini 12 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazadi. Lekin hozircha raqib malum emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o'rtasidagi siyosiy nizo sabab Povetkin - Usik jangi tashkil qilinmasligi aytilgandi. Jiddadagi oqshomning markaziy jangi britaniyalik Amir Xan hamda Neeraj Goyat o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar