06 apr 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkinning qachon ringga qaytishi malum bo'ldi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin yana katta ringga qaytmoqda.
Xabar qilinishicha, Povetkin o'zining navbatdagi jangini 1 iyul kuni Moskva shahrida o'tkazadi. Bu malumotni “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi rasmiylari ham tasdiqlashdi.
Hozircha Povetkinning raqibi malum emas. Bo'lajak boks oqshomida engil vazn toifasida IBF va IBO yo'nalishlarining sobiq chempioni Eduard Troyanovskiy ham ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, WBC tashkiloti dopingga tushib qolgan Aleksandr Povetkinni nomalum muddatga boks musobaqalaridan chetlatgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar