02 okt 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88949_220.jpg)
Povetkinning raqibi amerikalik bokschi bo'ladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin amerikalik Maykl Xanterga qarshi jang qilish istagini bildirdi.
Bu malumotni rossiyalik bokschining promouteri Andrey Ryabinskiy ham tasdiqladi. Povetkinning jamoasi Xanterdan tasdiqlov kutmoqda. Agar amerikalik bokschi o'z roziligini bersa, u holda ushbu jang 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bor, Saudiyadagi boks oqshomining markaziy jangida meksikalik jahon chempioni Endi Ruis sobiq chempion britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur jang Joshua uchun revansh maqomida bo'ladi. Avvalroq Povetkin britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang qilish istagi borligini aytgan edi.
Suratda - Maykl Xanter
Havola :
Fikrlar