So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

09 may 09:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Poytaxtimizda francuz boksi SAVAT bo'yicha nufuzli musobaqa bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Savat boksFranciya
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida francuz boksi “SAVAT” sport turi bo'yicha 4-Osiyo chempionati hamda 2-Osiyo Ochiq kubogi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, bolalarni ommaviy sportga jalb qilish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish va sport orqali millatlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirishdir.

“Savat” sport turining mamlakatimizda rivojlanib borayotganiga ko'p bo'lgani yo'q.

O'zbekiston francuz boksi “Savat” associaciyasi 2019 yilning 11 oktyabrida O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yxatidan o'tgan va mana shu qisqa  vaqt ichida SAVATning “Asso” va “Komba” yo'nalishlari bo'yicha 3 marotaba O'zbekiston chempionati hamda 4 marotaba O'zbekiston kubogi musobaqalari o'tkazildi. Eng kuchlilar francuz boksi “Savat” bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga qabul qilindi. 

Sportchilarimiz 2021 yili Serbiyaning Ruma shahrida yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati hamda kadetlar o'rtasidagi Jahon kubogida ilk bora ishtirok etib, 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

2022 yilning 10-15 yanvar kunlari Bangladeshning Dakka shahrida bo'lib o'tgan III Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 3 ta kumush medallari bizning sportchilarga nasib etdi. 2022 yil 29 apreldan 1 mayga qadar Bolgariyaning Plovdiv shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro chempionatda ham 7 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali qo'lga kiritildi. 

Eng muhim natijalardan yana biri Italiyaning Milan shahrida o'tgan musobaqalarda kattalar o'rtasida ilk bor ishtirok etgan milliy terma jamoamiz 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. SHu tarzda hozir o'zbekistonlik sportchilar hisobida jami 12 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medallari bor.

Xalqaro “Savat” Federaciyasi bilan izchil hamkorlik olib borilayotganligi hamda trener va hakamlar uchun xalqaro seminarlar tashkil etilayotganligi natijasida o'zbekistonlik murabbiylarning ham tajribasi ortib bormoqda.

“Universal” sport saroyida o'tkazilayotgan IV-Osiyo chempionati hamda II-Osiyo ochiq kubogi musobaqalarida esa 11ta davlatdan kelgan 200 nafarga yaqin havaskor sportchilar “SAVAT”ning “ASSO” yo'nalishi bo'yicha g'oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqalar o'smirlar, yoshlar hamda kattalar o'rtasida o'tkazildi.   

IV-Osiyo chempionati hamda II-Osiyo ochiq kubogi doirasida “SAVAT” Konfederaciyasi konferenciyasi ham o'tkazildi. 

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing