07 mar 09:07
Yangiliklar
Poytaxtimizda o'tayotgan Osiyo chempionatida qilichbozlarimiz shohsupaga ko'tarilishdi FOTOGALEREYA
Bir necha kun davom etgan o'smirlar toifasidagi bellashuvlar yakuniga etgach, kecha yoshlar o'rtasidagi bahslarga navbat berildi. Ushbu kun doirasida yigitlar sablya va shpaga, qizlar rapira qurolida yakkalik dasturidagi medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishdi
Yakunda esa hamyurtlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega bo'ldilar.
SHpaga
1. Jian Sito – oltin, Singapur,
2. Aleksandr Fedotov – kumush, Qozog'iston,
3. Meyirxon Timurov – bronza, O'zbekiston,
3. Jung Beom Kim – bronza, Janubiy Koreya.
Sablya
1. Islambek Abdazov – oltin, O'zbekiston,
2. Azizbek Dauletnazarov – kumush, O'zbekiston,
3. Ciao Pen Yin – bronza, Xitoy,
3. Muhammad Al Fadhli -bronza, Quvayt.
Osiyo chempionati bahslari 9 martga qadar davom etadi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar