So’nggi yangiliklar

18:33Нани: "Роналдуга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас” 0 18:12Мераб Двалишвили Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:51Усик қайси афсонавий боксчи билан жанг қилишни хоҳлашини айтди. Бу на Тайсон ва на Али! 0 17:30Усман Нурмагомедов: "Дубайдаги "қафас" кичкина, унинг қочадиган жойи йўқ" 0 17:09Буюк Хитой деворини қўриқлаётган мусулмон сарбозлар 0 16:48Илия Топурия тилга кирди, у жанг вақти ва рақибни айтди 0 16:27Хамзат Чимаев: "Биз кучсизмиз – ҳеч ким жанг қилишни хоҳламаяпти" 0 16:06"Истакларинг билан эҳтиёт бўл". Жонс Перейрага жавоб қайтарди 0 15:45"Атлетико" Ли Кан Инга қизиқиш билдирмоқда, ҳавбек ҳам ПСЖдан кетмоқчи 0 15:24"Буюк фожиа" — Роган Фёдор Емельяненконинг амалга ошмай қолган жанги ҳақида 0 15:03Усман 30 ойлик дисквалификациясига изоҳ берди 0 14:42Даниэль Дюбуа осиёлик боксчи билан жанг қилмоқчи, рақиб ҳам рози! 0 14:21"Насаф" Сербия жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 14:00Перейра рақиб номини айтиш учун "покришка" усулидан фойдаланди 0 13:39RIZIN чемпиони Илҳом Назимовга танлов учун уч рақиб берилди + ФОТО 0

01 may 10:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha mamlakat chempionati qizg'in davom etmoqda

Teglar :  Qilichbozlik
Licenzion musobaqa yakunlangach, poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi.

Reglamentga ko'ra, dastavval sablya hamda shpaga yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlab olinmoqda.

Kutilganidek, sablya yo'nalishida Tokio-2020 licenziatlari Zaynab Dayibekova hamda SHerzod Mamutov tengsiz ekanliklarini yana bir karra namoyish qilishdi. Jamoaviy yo'nalishda erkaklar o'rtasida Toshkent, ayollardan qoraqalpoq qizlari oltin medallarga ega chiqishdi.

Kecha shpaga qurolida yakkalik bahslari yakuniga etdi. Ushbu dasturda ayollar o'rtasida yana bir Tokio-2020 licenziati Malika Hakimova barcha raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo'lsa, Fayzullo Alimov erkaklar o'rtasida birinchilikni hech kimga bermadi. Batafasil:

Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston chempionati
SHpaga, erkaklar
1. Fayzullo Alimov (Toshkent)
2. Roman Aleksandrov (MHSK)
3. Avezbek Naimov (Buxoro)
3. Javohirbek Nurmatov (Andijon)

SHpaga, ayollar:
1. Malika Hakimova (Toshkent)
2. Veronika Rojkova (Toshkent)
3. Aziza Hamidova (Buxoro)
3. Dilnaz Murtazaeva (Qoraqalpog'iston)

Dasturga ko'ra, bugun sportchilar shpaga bo'yicha jamoaviy yo'nalishda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing