So’nggi yangiliklar

22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0 16:30Царукян тасдиқлади: UFC юлдузи Руффига қарши жангда унинг бурчагида бўлади 0 15:46Ямаль ўзини Месси, Роналду ва Марадона билан солиштирди 0 15:02Аичи-Нагоя-2026: спорт гимнастикаси бўйича эркаклар жамоамиз таркиби эълон қилинди 0 14:26Дана Уайт UFC 331 турнири учун янги бонусни эълон қилди 0 14:07"Агар унга ютқазсам, ҳаммаси нарсамни йўқотаман" - Арман Царукян 0 13:41Расман! Лазизхон Ўзбековга Холмурод Нурматовдан реванш олиш имкони берилди (ПОСТЕР) 0 13:15"Насаф" бугун ОЧЛ 2 мусобақасида ўз юришини бошлайди 0 12:442,5 млн доллар! Ҳатто ютқазган шахматчи ҳам миллионерга айланади 0 12:13Майкл Пейж: "Доғистонликлар зерикарли жанг кўрсатишади, лекин UFC`да қолишмоқда" 0

15 avg 16:03
Yangiliklar

Tennis

President's Cup. Final o'zbekistonlik tennischilarsiz o'tadi. Juda alamli va g'alati mag'lubiyatlar

Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "CHellenjer 50" toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirda finalchilar aniqlandi.

Afsuski, musobaqada ishtirok etgan har ikki tennischimiz ham 1/2 finalda uch set natijasiga ko'ra alamli tarzda mag'lubiyat alamini totib ko'rib, o'z ishtirokini yakunladi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda reytingning 629-pog'onasida borayotgan tunislik 29 yoshli Aziz Dugazga 6/4, 1/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Fomin hal qiluvchi uchinchi setda 4/1, 5/2 hisoblarida oldinda bora turib, match-bolldan foydalana olmadi.

Taqqoslash uchun, turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Fomin ATP reytingida 308-o'rinni egallab turibdi. Sergey 126 daqiqalik uchrashuv davomida 8 ta, Aziz esa 10 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'proq bo'ldi - 7 ga 4. 

Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham uch setlik uchrashuvda raqibidan engildi. Turnirga zaxira o'yinchisi sifatida qo'shilgan vakilimiz 1/2 finalda turnirning to'rtinchi raketkasi, yaponiyalik Hayato Macuokaga 6/3, 3/6, 4/6 hisobida yutqazdi. Hal qiluvchi uchinchi setda Humoyun 4/1 hisobida g'alaba qozonayotgani juda alamli bo'ldi. 

Sultonov ATP reytingida 513, Macuoka 314-o'rinni egallab turibdi. Ikki soatu 9 daqiqalik bahs davomida Humoyun 2, Hayato 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar yaponiyalikda bittaga ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing