12 avg 12:45
Yangiliklar
President's Cup. Sergey Fomin g'alaba bilan boshladi
Musobaqada O'zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalarining ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov turnirga zaxira o'yinchisi sifatida qo'shilgan va 1/16 finalda italiyalik Aleksandr Bindani 6/3, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Birinchi raketkamiz Sergey Fomin ham Astana turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz 1/16 finalda rossiyalik Maksim Jukov mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi set 7/5 hisobida Fomin foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setni 1/4 hisobida boy berayotgan Jukov bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 305, Jukov 531-o'rinni band etgan. Etmish daqiqa davom etgan uchrashuvda Sergey 7, Maksim 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar rus tennischisida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Bu tennischlarning o'zaro o'tkazgan oltinchi uchrashuvi bo'ldi - 3:3. Fomin kechagi g'alabasi evaziga muvozanatni tikladi. Sergey ertaga 1/8 finalda tailandlik Kasidit Samrejga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar