So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

28 okt 16:20
Yangiliklar

Futbol

PREVYU. Bugungi Klasiko haqida nimalarni bilish kerak?

Bugun, 28 oktyabr kuni La Liganing 11-turi doirasida "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin 49 472 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Estadio Olímpico" stadionida bo'lib o'tadi. Bahsni Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.

Turnir jadvalidagi holat

Kecha "Jirona"ning "Selta" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng jamoa La Ligada peshqadam bo'lib turibdi 28 ochko bilan. 

"Real"da 25 ochko, 2-o'rin, "Barsa"da esa 24 ochko, 3-o'rin. Agar bugun mardidliklar g'alaba qozonsa yana peshqadamlikka qaytadi, kataloniyaliklar esa "Atletiko Madrid"dan ham ortda qolishi mumkin (Madridning ikkinchi klubi bitta zaxira o'yin bor).

Kimlar maydonga tushmaydi?

"Barselona" safida Kunde, Pedri va Serji Robertolar maydonga tushmaydi, de Yong va Levandovskilar so'roq ostida. Jamoa qaydnomasini elon qilmadi. 

"Real" safida esa Sebalos, Kurtua, Guler, Militao o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Jamoa qaydnomani elon qilib ulgurdi.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": 1. Mark-Andre ter SHtegen, 2. Xuan Kanselu, 4. Ronald Arauxo, 15. Andreas Kristensen, 3. Alexandro Balde, 32. Fermin Lopes, 18. Oriol Romeu, 6. Gavi, 22. Ilkay Gyundogan, 7. Ferran Torres, 14. Juan Feliks.

"Real Madrid": 25. Kepa Arrisabalaga, 2. Daniel Karvaxal, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi, 15. Federiko Valverde, 18. Orelen Tchuameni, 8. Toni Kroos, 5. Jud Bellingem, 11. Rodrigo, 7. Vinisius Junior.

Tarixga nazar

Bugungi kunga qadar ikki jamoa o'rtasida jami 254 ta rasmiy uchrashuv o'tkazilgan. SHundan 102 tasida madridliklar, 100 tasida kataloniyaliklar g'olib bo'lishgan. Yana 52 ta bahs durang bilan yakunlangan.

Murabbiylar fikri

Xavi: "Har ikki jamoada ham sharoit bir xil. Bu 50ga 50 degani. Favorit xech qachon bo'lmaydi. Oldindan nimadir deyin qiyin. Tajribamdan kelib chiqsak, "el klassiko"da xech narsani oldindan aytib bo'lmaydi".

Anchelotti: "Jamoamda motivaciya yuqori. Bu muhim bahs – mavsumdagi birinchi klasiko. Hali 2-davrada javob o'yini bo'ladi, Superkubok, kubok, hattoki CHempionlar ligasida ham uchrashishimiz mumkin. Birinchi bahsga yaxshi holatda etib keldik".

Prognoz

Ko'plab ekspertlar bugungi uchrashuv jangovar kechishi va yakunda durang natija qayd etilishini taxmin qilmoqda. Ayrimlari esa "Real"ning g'alabasini prognoz qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing