So’nggi yangiliklar

11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0 06:56Каннаваронинг Колумбияга қарши жангчилари: Диасга қарши 18 ёшли Каримов ва марказдаги универсаллик 0 06:31Топуриянинг техник нокаутдан кейинги айтган илк сўзлари маълум бўлди 0 00:49РАСМАН. UFC Ислам Махачевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди! 0 19:03Жаҳон кубоги. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик рақибини мусобақадан чиқариб юбориб, кейинги босқичга йўл олди 0 18:16Шавкат Мирзиёев эртанги ўйинни уйда, оила даврасида, набиралари билан томоша қилади 0 17:39Пара енгил атлетикачиларимиз Тунис Гран-присидаги иштирокини бошлашди 0 16:58"Уни муаммосиз мағлуб этаман". Макгрегор — Гэтжи билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 16:21"Илия бу жангда ғалаба қозониш учун ўлишга ҳам тайёр эди" - Топуриянинг акаси 0 15:56Конго ДР бош мураббийи ЖЧ-2026 гуруҳ босқичида неча очко тўплаш мақсади борлигини айтди 0 15:22Султонов Венгрия турниридаги юришини бошлади 0

01 dek 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA

PREVYU. Uaylder vs Fyuri: Engilmas qoyalar jangi

Teglar :  BoksUaylderFyuri
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda WBC chempioni Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Har ikkala bokschi ham faoliyatlarida hali mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan. 

SHu boisdan ham ushbu jangga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Ertaga ikki bokschidan biri faoliyatidagi ilk mag'lubiyat alamini totib ko'radi. Juda katta ehtimol bilan jangda durang natija qayd etilmaydi. CHunki, har ikkala bokschi ham pancherlik xususiyatiga ega, ayniqsa, Uaylder!  

Ertaga davogar rolida bo'ladigan britaniyalik sobiq jahon chempioni faoliyatidagi hozircha sensacion bo'lib turgan natijasiga 2015 yilning noyabr oyida erishgan. O'shanda u ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichkoni shov-shuvli tarzda mag'lub etib, raqibiga tegishli chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi. 

O'sha jangdan so'ng Tayson Fyuri AQSHga WBC chempioni Deontey Uaylderning davogar Artur SHpilkaga qarshi kechgan jangini tomosha qilish uchun boradi. Jang yakunlanganidan so'ng Fyuri ringga yugurib chiqib, Uaylderni ochiqchasiga ringga chorlaydi. Deonteyning javobi ham ijobiy bo'ldi. 

Lekin keyinchalik britaniyalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi belgilangan ikkita revansh jangini bekor qiladi. Fyuri depressiya holatiga tushib qoladi. Narkotik istemol qila boshlaydi va aftidan faoliyatini yakunlaydigandek taassurot qoldiradi. 

Ammo, shu yilning yozida u katta boksga qaytdi va ikki “tirik qop raqiblar”ni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u chempionlik kamari uchun jang o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ko'pchilik Klichko bilan revansh holatiga o'xshash vaziyat Uaylder bilan takrorlansa kerak deb o'ylagandi. 

Yo'q, unday bo'lmadi va endi jang aniq o'tkaziladi. Agar ertaga amerikalik bokschi Fyurini mag'lubiyatga uchrata olsa, keyingi jangi boshqa bir britaniyalik - Entoni Joshuaga qarshi bo'lib o'tadi. Endi Uaylder boshqa bahona topa olmasa kerak. 

Ikkala bokschining ham qayd etgan natijalari ijobiy ko'rinishda. 33 yoshli Deontey Uaylder (40-0, 39 KO) 40ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Nokautlar soni 39ta! Hozir ega bo'lib turgan WBC chempionlik kamarini 2015 yilning yanvar oyida qo'lga kiritgan. Bugungacha kamarini 7ta jangda munosib tarzda himoya qilgan. Oxirgi jangini shu yilning mart oyida kubalik Luis Ortisga qarshi o'tkazib, engilmas raqibini 10-raundda nokautga uchratgan edi.  

Tayson Fyuri (27-0, 19 KO) esa raqibidan 3 yoshga kichik, yani hozir 30da! 2015 yilning noyabr oyida Germaniyada Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratib, IBF, IBO, WBO va WBA chempionlik kamarlarini qo'lga kiritadi. Tayson faoliyati davomida 160, Uaylder esa 123ta raundda g'alaba qozongan. 

Taqqoslash uchun, Fyurining bo'yi 2 metru 6 santimetr, Uaylderniki esa 2 metru 1santimetr. Qo'l qulochining kengligi Deonteyda 211 sm, Taysonda esa 216 sm. Fyuri texnikasi bo'yicha Uaylderdan ustunroq. Lekin britaniyalik bokschining qisqa fursatda 60 kg vazn tashlagani Fyuri tarafdorlarini havotirga solayotgani bor gap. 

Uaylder kuchli zarbaga ega bokschi hisoblanadi. Qirqta jangdan 39tasini muddatidan avval yakunlagani ham fikrimizga isbot bo'la oladi. Keyin yaxshigina tezlikka ega, chag'i ham baquvvat. 

Xo'sh, kim kuchli? Buni bilib olish uchun ko'p vaqt qolgani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing