So’nggi yangiliklar

12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0

22 may 12:20
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Principial tarzda Ukraina uchun o'ynashni istamagan tennischi Belozercev qanday qilib o'zbekka aylandi? U "Rolan Garros"da o'ynaydi

Teglar :  Nikita Belozercev
17 yoshli tennischi Nikita Belozercev Ukraina fuqaroligini O'zbekistonnikiga almashtirganidan xabaringiz bor.

Aslida, Belozercevning fuqarolikni o'zgartirishi haqida xabarlar o'tgan yilning yozidayoq tarqalgan edi. Ammo o'shanda Nikita uchun eng ehtimoliy variant Bolgariya pasportini olish bo'lib ko'rinayotgandi. CHunki uning murabbiyi Stefan Pantov bir vaqtning o'zida Bolgariya tennis federaciyasining Qora dengiz mintaqasi bo'yicha koordinatori, federaciya murabbiylar kengashi azosi va Bolgariya tennis federaciyasining texnik direktori sifatida ham faoliyat yuritardi.

Malum bo'lishicha, bu jarayonga Bolgariya tomonidan aniq moliyaviy taklif bo'lmagani to'sqinlik qilgan. Yani Bolgariya tennis federaciyasi istiqbolli o'smir tennischiga Bolgariya pasportini olishda yordam berishga tayyor bo'lgan, ammo Belozercev tomoni malum moliyaviy talablarni ham ilgari surgan va bolgarlar buni qondirish imkoniyatiga (yoki istagiga) ega bo'lmagan.

"Belozercev jamoasi bilan butun tennis olamini aylanib, o'zlarini taklif qilib yurishdi, — deydi tennischiga yaqin bir manba. — Ular principial ravishda Ukraina uchun o'ynashni istamagan. Bilamanki, ular Qozog'iston bilan ham muzokaralar olib borishgan.

Ammo Qozog'istonda tennisda mamlakat bayrog'i ostida ishtirok etish uchun beriladigan boshlang'ich moliyaviy bonuslar amaliyoti vaqtincha to'xtatilgan va ehtimol, aynan shu omil tomonlarni kelishuvga kelishiga to'sqinlik qilgan".

Natijada endi Belozercev O'zbekiston sharafini himoya qilyapti. 

Manbamizning aytishicha, ushbu o'tishlar Rossiya mablag'lari hisobiga amalga oshirilgan.

"O'zbekiston odatda tennisda katta moliyaviy bonuslar taklif qilmasdi, — deydi bu mavzuda faqat anonim tarzda gapirishga rozi bo'lgan xalqaro ekspert. — Mendagi malumotlarga ko'ra, bu o'tishlarning barchasi Rossiya mablag'lari orqali amalga oshirilgan. Belozercev tarixi ham bu ro'yxatdan mustasno emas".

Hozirda Belozercev jahon reytingida 787-o'rinni egallab turibdi. U O'zbekistonning ikkinchi raketkasi hisoblanadi. Oldinda uni o'smirlar o'rtasidagi "Rolan Garros" kutyapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing