So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

01 jan 15:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Prof bokschilarimizning 2019 yildagi ishtirokini Qudratillo boshlab beradi, jangga 4 kun qoldi!

Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov o'zining navbatdagi muhim jangini o'tkazadi.

Aynan uning jangi bilan o'zbekistonlik professional bokschilarning 2019 yildagi ishtiroki boshlanadi. Yaqindagi WBC Silver chempionlik kamaridan voz kechgan charm qo'lqop ustamiz endi yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi. 25 yoshli Abduqahhorov yaponiyalik 31 yoshli bokschi Keita Obaraga qarshi ringga ko'tariladi. 

Qudratillo IBF reytingida 4-o'rinni egallab turibdi, Obara esa 6-pog'onadan joy olgan. Jang g'olibi reytingda birinchi o'ringa ko'tarilib oladi va ushbu vazn toifasida IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tarilish huquqini qo'lga kiritadi. Abduqahhorov - Obara saralash jangi 5 yanvar kuni Malayziyada bo'lib o'tadi. 

Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Obara esa prof boksdagi 12 yillik faoliyati davomida 24ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 20tasida g'alaba qozongan. O'n sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Uchta jangda mag'lubiyatga uchragan va etiborlisi barchasida nokautni qabul qilib olgan. Bitta jang durang bilan yakunlangan. 

Reyting:    

Fikrlar

   
01 jan 18:56:44
SPRINTERshashist
Тренеровкани кучайтириб кутиш керак эртами кечми спеес жанг килишга мажбур
   
01 jan 16:29:48
Dilshot Solihov
Qudratilla Abduqoxorov g'alaba qozongan taqtirdayam Oltin kamar uchun jang 5 oysiz o'tkozomidi! Chunki chimpiyon Spins yengil vazindagi yana bir chimpiyon Mayki Garsiyaga qarshi jangi 2 oydan oshiq vaqt bor bu digani yarim yil diganda Qudratilla chimpiyonlik uchun ringa chiqolsa kere ! Qudrattilani Aqshga yo'l olib 7 oy umrini jangsiz o'tkazgani unga yahshi bo'madi hattoki WBC digi 4 o'rnidan ham 6 chi o'ringa tushib qoldi bu orada esa Garsya Lamachenkadan qochish maqsadida Erol spins bilan janga kelishib oldi . Nima bo'gandayam omad kimdadur Translatsyadan habri bo'sa etvorila ???
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing