10 apr 19:40
Yangiliklar

Professional bokschimiz 17 aprel kuni dengizda jang o'tkazadi FOTO
Unga rossiyalik Aleksandr Golubkov raqiblik qiladi. Golubkov 7ta jang o'tkazgan. Hisobida 4ta g'alaba, bitta durang va 2ta mag'lubiyat bor. Ahamiyatli tomoni jang oqshomi kemada, yani ochiq dengizda bo'lib o'tadi. O'ziga xos mazkur oqshom mobaynida sayyohat ham o'rin olgan.
Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo'lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to'xtab o'tadi. Boks oqshomi esa Yaponiya xududidagi ochiq dengizda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning "COCKY BUFFALLO" promousheni tarkibida Bobur Najmiddinov qo'l ostida mashg'ulot olib bormoqda. Ismoilov 4ta jang o'tkazib, ularning 3tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar