30 mar 23:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschimiz mezbon raqibini nokautga uchratdi
Avvalroq, professional boksda faoliyat olib borayotgan 19 yoshli bokschimiz Ravshan Mahammadjonov bugun Moskva shahrida jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Hamyurtimiz bugun Moskva shahrida mezbon bokschi Alisher Ashurovga qarshi ringga ko'tarildi. Quvonarlisi, olti raundlik jangni ustunlik bilan boshlagan Ravshan uchinchi raunddayoq raqiini nokautga uchratdi. SHu tariqa, Mahammadjonov oltinchi jangida oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar