25 mar 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschimiz raqibini nokautga uchratdi
Qozog'istonning Almati shahridagi "Almaty Arena"da professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning biri hamyurtimiz Ulug'bek Haqberdiev ishtirokida bo'lib o'tdi. Professional boksning 72,6 kg, yani o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Ulug'bek olti raundlik jangda ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda Haqberdiev rossiyalik Karen Avetisyanga qarshi jang o'tkazdi va raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ikki yil avval ham Ulug'bek aynan Karendan ustun kelgandi. Avetisyan revanshdan foydalana olmadi.
Kechagi jang Haqberdiev uchun prof ringdagi oltinchisi bo'ldi. Samarqandlik bokschi shu kungacha o'tkazilgan 6ta jangning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta jang muddatidan avval yakunlangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar