17 apr 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschimiz tarozidan o'tdi, u yana Xabib timsolida chiqdi FOTO
Ertaga professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov prof ringda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamizga ertangi jangda rossiyalik Aleksandr Golubkovga qarshi bahs olib boradi. Bugun bokschilar mazkur jang oldidan taroziga chiqishdi. Qizig'i, unda hamyurtimiz rossiyalik MMAchi Xabib Nurmagomedov timsolida paydo bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Abdurasul shu kungacha prof ringda 4 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining uchtasini muddatidan oldin o'z foydasiga hal qilgan.
Golubkov esa 7 ta jang o'tkazgan. Hisobida 4 ta g'alaba, 1 ta durang va 2 ta mag'lubiyat bor. Ahamiyatli tomoni jang oqshomi kemada, yani Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar