01 iyu 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschimiz WBC Asian kamari sohibiga aylandi
Kecha Tailandning Pattaya shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Unda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, birinchi o'rta yarim vazn toifasidagi Anvar Turopov filippinlik Roberto Gonsalesga qarshi jang qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang 4-raundda yakunlandi. Anvar 4-raundda raqibini nokautga uchratdi va jangni muddatidan oldin yakunladi.
Turopov ushbu g'alaba orqali WBC Asia kamari sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar