11 iyu 17:33
Yangiliklar
Profsor Rorimsha: "Men - o'zbekman!"
"Ismim Profsor, familiyam Rorimsha. O'zbekman. 1999 yilda Dubay shahrida tug'ilganman. Buxoroda yashayman. Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari sport kollejida o'qiyman.
4 yoshimda O'zbekistonga ko'chib kelganman. O'zbek tilini anchadan beri bilaman. Kichik paytimda uyda onam inglizcha gapirsalar, men aksincha o'zbek tilida javob berardim. O'rtoqlarim bilan ham o'zbekchada gaplashardim. SHu tariqa o'zbek tilini o'rganib ketganman", - deydi Profsor.
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionlari Profsor Rorimsha va Lazizbek Mullajonovlar bilan uyushtirilgan intervyuning to'liq qismi yaqin orada saytimizda chop etiladi. Aytgancha, suhbatimiz davomida Rorimsha o'zbek tilida qo'shiq ham kuylab berdi. Bu ham tez kunlarda, OLAMSPORT.COM saytida!
Fikrlar