08 fev 15:28
Yangiliklar
Futbol
Prokuratura PSJga nisbatan tergov boshladi
Parij prokuraturasi "Pari Sen-Jermen" va klub prezidenti Nosir Al Helayfiga nisbatan dastlabki tergovni boshladi, deb xabar berdi "L'Equipe".
Tekshiruvga 2022 yil dekabr oyida Al Helayfiyning sobiq maslahatchisi Hisham Buaxila tomonidan berilgan shikoyat sabab bo'lgan. Unga ko'ra, u ko'p yillar davomida PSJda ishlagan, biroq uning maoshini u bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan Dohadagi "Smash" tennis akademiyasi to'lagan. Hisham tennis ham o'ynamagan.
Ko'rib chiqilayotgan shartnoma 2015 yil iyul oyida taklif qilingan "tennis o'qituvchisi" lavozimi uchun imzolangan va nomalum muddatga amal qilishi kerak edi. Tergov ishlari klub qarorgohi joylashgan Parijning 16-okrugi policiya bo'limiga topshirildi.
"L'Equipe" jurnalisti PSJ bilan bog'langanida, unga Buaxila hech qachon klubda ishlamaganini aytishgan.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar