20 fev 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Fyuri - Uaylder jangini sentyabr oyiga ko'chirishni taklif qilmoqda
Tayson Fyurining yangi promouteri Bob Arum mijozining Deontey Uaylderga qarshi jangi haqida gapirib o'tdi.
"Ushbu jangni 1 milliondan 2 milliongacha tomoshabin sotib oladi deb hisoblaymiz. Bunga erishishning yo'li muxlislarni bokschilarni yanada yaxshiroq tanishtirishdir. Agar ular boshqa raqiblarga qarshi jang qilib, sentyabrda uchrashishsa o'zlari o'ylagandan ham ko'proq pul ishlab olishadi. Men vaziyatni aynan shunday ko'ryapman", - dedi Bob Arum.
Avvalroq, Fyuri hamda Uaylder o'rtasidagi jang 18 may kuni bo'lib o'tishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : boxingnews24
Fikrlar