21 dek 15:22
Yangiliklar
Futbol
PSJ Argentina terma jamoasi xavbekiga qiziqmoqda
Jahon chempioni uchun yana bir davogar.
"Benfika" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enco Fernandes faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbolchiga "Real", "Barselona", "Liverpul" va "Arsenal" ham qiziqish bildiryapti.
Eslatib o'tamiz, Fernandes Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022ning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. Argentina terma jamoasi finalda Franciya terma jamoasini (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2) mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : RMC Sport
Fikrlar