09 sen 10:02
Yangiliklar
Futbol
PSJ prezidenti Saudiya Arabistoni klublarini ECHLdagi ishtiroki haqidagi savolga javob berdi
PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi Saudiya Arabistoni klublarining Evropa chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni klublari Evropa chempionlar ligasida ishtirok etish bo'yicha UEFA bilan muzokara olib borayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Evropadan bo'lmagan qaysidir jamoa ushbu musobaqada qatnashadi deb o'ylamayman. Kelajakda nima bo'ladi bilmayman, ammo ayni paytda boshqa jamoalar Evropa CHempionlar ligasida ishtirok etmaydi.
Agar bu Superkubok yoki boshqa shunga o'xshash musobaqa bo'lsa, nima uchun yo'q?", - dedi Helayfi.
Malumot uchun, Helayfi PSJ prezidenti bo'lish bilan bir qatorda, Evropa klublari associaciyasi rahbari ham hisoblanadi.
Havola :
Manba : RMC Sport
Fikrlar