07 may 02:01
Yangiliklar
PSJ qatorasiga ikkinchi yil ham ECHL finalida!
Germaniya chempionligini muddatidan avval hal qilib ulgurgan "Bavariya" Myunxenda Franciyaning PSJ klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Oltin to'p" sohibi Usman Dembele 3-daqiqadayoq mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada Xarri Keyn muvozanatni tikladi.
Bu ikki jamoaning Parijda o'tgan dramatik "otishmasi"da francuzlar bitta to'p farqi bilan zafar quchishgandi - 5:4!
Endi PSJ ECHL bosh sovrini uchun Londonning "Arsenal" klubiga qarshi maydonga tushadi. "Kanonirlar" kecha ikki o'yin natijasiga ko'ra "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi. Final 30 may kuni Vengriyaning Budapesht shahridagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.
“Bavariya” – PSJ 1:1 (Birinchi o'yin - 4:5)
Gollar: 3 - Usman Dembele, 90+4 - Xarri Keyn
“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 44. Yosip Stanishich (19. Alfonso Devis, 67’), 2. Deotshankyul Upamekano (42. Lenart Karl, 85’), 4. Jonatan Ta (3. Kim Min Je, 68’), 27. Konrad Laymer, 6. Yoshua Kimmix, 45. Aleksandar Pavlovich, 17. Maykl Olise, 10. Jamal Musiala (11. Nikolas Jekson, 79’), 14. Luis Dias, 9. Xarri Keyn.
PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos, 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh (24. Senni Mayulu, 85’), 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya, 33. Uorren Zair-Emeri, 8. Fabian Ruis (4. Lukas Beraldo, 76’), 14. Dezire Due (21. Lukas Ernandes, 76’), 10. Usman Dembele (29. Bredli Barkolya, 65’), 7. Xvicha Kvaracxeliya.
Ogohlantirishlar: 8 - Nunu Mendesh, 33 - Yosip Stanishich, 45+3 - Xvicha Kvaracxeliya, 78 - Luis Dias, 86 - Markinos

Fikrlar