23 noy 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev Evropa chempionlik kamaridan voz kechdi
Bolgariyalik Kubrat Pulev (23-1, 12 KO) o'ziga tegishli bo'lgan Evropa (EBU) chempionlik kamaridan voz kechdi.
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar polshalik Mariush Vaxga (32-2, 17 KO) qarshi majburiy himoya jangini o'tkazishi kerak edi.
Lekin tashkilotning bu qarori bolgariyalik bokschining rejalariga to'g'ri kelmadi. Pulev muzokaraga ham kirishmay, bir yo'la chempionlik kamaridan voz kechib qo'ya qoldi.
Endi u bor etiborini nigeriyalik Semyuel Piter (36-5, 29 KO) bilan o'tkazadigan jangiga qaratadi. Ushbu jang 3 dekabr kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkazilishi belgilangan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar