04 dek 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev nigeriyalik “Daxshat”ni engdi va u endi qitalararo WBA chempioni
Bolgariyaning Sofiya shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida bolgariyalik Kubrat Pulev (24-1, 13 KO) superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni nigeriyalik Semyuel Piter (36-6, 29 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Mazkur jang qitalararo WBA chempionlik kamari uchun kechdi. Jang uzoq davom etmadi. Mezbon bokschi o'zidan 22 kilogrammga og'irroq raqibidan ustun ekanligini isbotladi.
Ikkita raundni katta ustunlik bilan boy bergan nigeriyalik bokschi uchinchi raundning so'nggiga borib charchab qoldi. Yakunda u o'zini ham, murabbiylarini ham qiynamay, to'rtinchi raund avvalida taslim bo'ldi.
Havola :
Fikrlar