18 apr 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev va Kovnacki Joshua bilan jang qilishdan bosh tortishdi
Superog'ir vazn toifasidagi bokschilar - Adam Kovnacki va Kubrat Pulev uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqmaydi.
Har ikki bokschi Joshuaning jamoasi bergan taklifni rad etgan. Entonining 1 iyun kungi jangdagi raqibi amerikalik Jarrell Miller doping tekshiruvdan o'ta olmagan edi.
Katta ehtimol bilan u diskvalifikaciya qilinadi. Joshuaning promouterlari Millerning o'rnini egallaydi bokschi izlashyapti. Nomzodlar orasida Adam Kovnacki va Kubrat Pulev ham bor edi. Lekin ikkala bokschi ham bu taklifga rad javobini bergan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar