04 iyu 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Moskvadagi turnirda ishtirok etmoqchi
Rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan noyabr yoki dekabr oyida oktagonga ko'tarilish niyati borligini malum qildi.
"Jarohatimdan qutilganimdan so'ng, noyabr yoki dekabrda yana bir bor oktagonga chiqmoqchiman. Menga qolsa, Moskvada tashkil qilinadigan kechada ishtirok etardim.
Menimcha, har bir sportchi o'z Vatanida jang qilishni istaydi. Lekin boshqa tomondan menga qaerda jang o'tkazishning unchalik ham farqi yo'q", - dedi Yan.
Havola :
Fikrlar