So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

17 noy 14:19
Yangiliklar

Kurash

Qamashilik yosh polvonlar "Bosh prokuror kubogi" uchun bellashdi FOTOGALEREYA

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi 2-BO'SM sport zalida 2003-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida kurash bo'yicha “Bosh Prokuror kubogi”ning tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30-oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099 sonli Farmoniga muvofiq va O'zbekston Respublikasi Prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Qamashi tuman prokurori B.Bahodirov, viloyat kurash federaciyasi sport direktori B.Boymurodov, tuman turizm va sport bo'limi boshlig'i U.SHaripov, tuman kurash federaciyasi ijrochi direktori SH.Yusupov, tuman 2-BO'SM direktori SH.Soatov ishtirok etdilar.

Musobaqani tuman prokurori B.Bahodirov tantanali ravishda ochib, murabbiylar hamda sportchilarga omad tiladi. SHundan keyin O'zbekiston madhiyasi yangradi.

Musobaqada g'olib va sovrindorlar hamda turli nominaciyalar g'oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Turnir yakuniga ko'ra, 2-BO'SM tarbiyalanuvchilari umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritishdi va musobaqa bosh sovrini “Bosh prokuror kubogi”ramzi tushirilgan kubokka ega chiqishdi.

Tuman bosqichida g'olib bo'lgan sportchilar joriy yilning 3-4 dekabr kunlari Qarshi shahrida bo'lib o'tadigan viloyat bosqichida ishtirok etishadi. 

Faxriddin CHORIEV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing