10 noy 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
"Qanday bo'lmasin kelishib olishimiz kerak". Usik Fyuriga qarshi jang tashkil etish haqida gapirdi
Super og'ir vazn toifasida WVA, WVO, IBO va IBF chempioni Aleksandr Usik WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Ukrainalik bokschi tomonlar barcha shartlar bo'yicha kelishib olishlari va jang bo'lib o'tishiga umid bildirdi.
"Biz qanday bo'lmasin kelishib olishimiz kerak. Sport - bu sport, biznes esa biznes. Men uchun boks shunchaki sport, lekin uni tashkil etadiganlar uchun bu katta biznes.
Ringda ikkita bokschi bor va ularning vazifasi boks tushish. Qolgan hammasi tashkilotchilar, homiylar va boshqa ko'plab omillarni hisobga olish kerak. Hammasi hal bo'lishi bilan biz rozi bo'lamiz, rasmiy hujjatlarni imzolaymiz va ishlaymiz", - deya Usikning so'zlarini keltiradi Interia.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar