25 sen 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Qanday qilib Kolbi birinchi o'ringa chiqib oldi?
UFC jangchisi Gilbert Berns Kolbi Kovingtonning yarim o'rta vazn toifasi reytingida birinchi o'ringa chiqib olganidan norozi.
“Sizlar hazil qilmoqdasizlar. Vudli birinchi raqamli bo'lgan vaqtida men uni mag'lub etdim. Keyin Kolbi kelib shu ishni yana bir bor uddaladi. U hozirgi vaqtning beshinchi raqamli jangchisini urdi. Kim bu reytingni tuzadi? Dana, reyting tuzadiganlarning raqamini ber, kutaman”,-dedi Berns.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington so'nggi jangida Tayron Vudlini nokaut qilishga erishgan. Berns esa navbatdagi jangini yarim o'rta vazn «qiroli» Kamaru Usmanga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar