So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

16 iyu 07:48
Yangiliklar

Boshqalar

“Qarabtep” xalq o'yini bizga kerakmi? “Ha” deyishmoqda mutaxassislar

Teglar :  QarabtepLanka
Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qarabtep” xalq o'yini haqida turfa chiqishlar, uni ommalashtirish borasidagi say-harakatlar ustidan ochiqchasiga kulish holatlari kuzatilmoqda.

Quyida mutaxassisning “Qarabtep” xalq o'yini haqidagi fikr-mulohazalarini etiboringizga havola qilamiz.

 “Qarabtep” xalq o'yini nafaqat inson organizmining harakat tizim, balki boshqa tizimlarni ham, yani oyoqlarning mushak pay va bo'g'im apparati, qorin old devori mushaklarini rivojlantiradi. Doimiy mashg'ulotlar organizmning yurak qon-tomir va nafas olish tizimlarini mustahkamlaydi: lipidlarning perekis oksidlanish tizimi muvozanatini tiklab, organizm to'qima va azolarida antioksidant himoyani taminlaydi.

 Ko'zlarimiz tabiatan shunday yaralgan azoki, u uzoq va yaqindan ko'rish holatiga moslashishdek ajoyib qobiliyatga ega. Ko'z akkomodaciyasi – ko'zdan turli masofada joylashgan buyumlarni aniq ko'rishga moslashishdir. Ko'z akkomodaciyasi fiziologik mexanizmi ko'zning kipriksimon mushak tolalari qisqarganda gavharni kipriksimon tanaga biriktirib turgan cinn boylamlari bo'shashadi. Bunda gavhar qobig'i tarangligi kamayadi va u o'zining elastiklik xususiyati tufayli yanada qavariqroq shaklga keladi. Kipriksimon mushaklarning bo'shashi esa gavharning yupqalashishiga olib keladi. Ammo, hozirgi kunda ko'z akkomodaciya spazmi mavjud bemorlar ko'p uchramoqda, achinarlisi ularning ko'pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda. Akkomodaciya spazmi bu – ko'z mushaklari spazmi bo'lib, uning natijasida ko'z uzoqda joylashgan buyumlar bilan bir qatorda yaqinda joylashgan buyumlarni ham aniq farqlay olmay qoladi. Buning asosiy sababi – yaqin masofada ishlash (o'qish, kompyuterda ishlash, uzoq muddat televizor ko'rish yoki mobil telefonda o'ynash) orqali ko'zni zo'riqtirishdir.

 Bazi malumotlarga ko'ra, har oltinchi maktab o'quvchisida akkomodaciya spazmi uchraydi. Akkomodaciya spazmi mavjud o'quvchi ko'rish zo'riqishi talab qiluvchi malumotlarda ko'rishning yomonlashuvi sababli tezroq charchaydi va o'zlashtirishning pasayishi yuzaga keladi. Bunda bolada ko'pincha sababi topilmagan bosh og'riqlari yuzaga keladi. Ushbu kasallikni davolash va oldini olish uchun okulist kabinetida gavhar mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashg'ulotlarni bajarishga to'g'ri keladi.

 “Qarabtep” o'yini ham insonning ko'ruv azolariga ijobiy tasir ko'rsatish xususiyatiga ega. CHunki, o'yin vaqtida ko'z doimiy pastga, balandga qaraydi va bu ko'zdagi mushaklar uchun mashg'ulot vazifasini o'taydi. Bunday harakatlar ko'z uchun “ko'z mashg'uloti” bo'ladi, deb hisoblaymiz.

 Xulosa qilib aytish mumkinki, yoshlarimizni ommaviy ravishda “Qarabtep” o'yiniga jalb etish orqali ularni har tomonlama sog'lom va etuk inson bo'lib etishishiga ko'maklashgan bo'lamiz.

Sidikov Z.U.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi

markazi direktori, t.f.n.

  

O'z navbatida bundan 10 asr muqaddam ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham “Qarabtep” xalq o'yinining foydali jihatlari haqida to'xtalib o'tgan.

 “Sog'liqning saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo'ladi. Biz bilamizki, badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy xarakatdir. Mo'tadil ravishda va o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz xamda ilgari o'tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasaliklarning davosiga muxtoj bo'lmaydi.

Badantarbiyaning kuchli turiga maydonda qilinadigan kishining o'z soyasi bilan olishish o'yini (Qarabtep) kiradi”.

Abu Ali Ibn Sino

Tib qonunlari 1-tom.

 

Ko'rinib turibdiki, “Qarabtep” xalq o'yini inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bugungi pandemik vaziyat inson uchun salomatlik nechog'lik bebaho nemat ekanligini, muntazam jismoniy harakatlar bilan mashg'ul bo'lgan, immuniteti kuchli insonlarda turli yuqumli kasalliklarga chalinish alomatlarining kam uchrashi yoki uchragan taqdirda ham asorati og'ir kechmasligini ko'rsatib berdi.

 “Qarabtep” bilan shug'ullanish uchun sizdan ko'p narsa talab etilmaydi, bor yo'g'i “Tepki” va hoxish bo'lsa bas, uni istalgan joyda va istalgan vaqtda o'ynash mumkin. Asosiysi, “Qarabtep” bilan muntazam shug'ullanish orqali siz o'z salomatligingizni mustahkamlaysiz. Zotan, inson uchun eng Oliy nemat aslida shu emasmi?!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing