31 okt 18:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Genri Sexudo Xabib Nurmagomedov va Aleks Pereyra o'rtasidagi farq haqida fikrlarini bildirdi. 
			"Xabib va Pereyra o'rtasidagi farq shundaki, Xabib kamar qo'lga kiritguncha, olovli yo'ldan kelgan. Pereyraning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, barchasi ajoyib. Ammo ularning yo'li turlicha.
Xabib Konor Makgregor bilan uchrashguncha, butun boshli katta yo'lni bosib o'tgan. Keyin esa bir necha marotaba kamarini himoya qilib, faoliyatini 29-0 rekordi bilan yakunlagan", - dedi Sexudo.
            Havola            :         
                    Manba                : Pound 4 Pound
             
			
Fikrlar