01 noy 09:54
Yangiliklar
Taekvondo terma jamoamiz Jahon chempionatini tarixiy natijalar bilan yakunladi
Ahamiyatlisi, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etgan mazkur dunyo birinchiligida Pavel Xan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham munosib ishtirok etib, yakunda sportchilarimiz tomonidan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali qo'lga kiritildi.
Oltin:
Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg).
Kumush:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg).
Bu safargi Jahon chempionati biz uchun o'ziga xos natijalarga boy bo'ldi. Misol uchun, Najmiddin JCHda oltin medalni qo'lga kiritgan ikkinchi o'zbekistonlik erkak taekvondochiga aylandi. Svetlana esa uchinchi marotaba dunyo birinchiligi shohsupasiga ko'tarildi. Yosh sportchimiz Jahongir esa ilk marotaba dunyo birinchiligi medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar