31 okt 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA
"Menimcha Xabib UFC tarixida uchta vazn toifasida chempion bo'lgan ilk sportchi bo'lishi mumkin edi" - Sexudo
UFC sobiq chempioni Genri Sexudo Xabib Nurmagomedovning MMAdagi yutuqlarini o'zinikidan juda ustun deb hisoblamaydi.
"U etarlicha narsa qilmadi. Buni Xabibning o'ziga aytganman. U bilan jang qilishni xohlamayman, lekin o'shanda juda keskin suhbat bo'lgan, chunki men Xabibni o'zimdan yuqori qo'ymayman. Rostdan ham shunday.
Agar Xabib ikki vazn toifasiga ko'tarilganida edi, u holda uni yuqori baholash mumkin bo'lardi. Ammo agar u ozgina ko'proq ish qilganida, ishonamanki, u ajoyib yutuqlarga erishgan bo'lardi. Menimcha, u uslub jihatidan hatto o'rta vazn toifasida ham chempion bo'la olardi.
Menimcha, Xabib UFC tarixida uchta vazn toifasida chempion bo'lishi mumkin edi", — dedi Sexudo.
Havola :
Manba : Pound 4 Pound
Fikrlar