31 okt 16:38
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"
UFC jangchisi Den Xuker nega aynan Arman Carukyan bilan jang qilishdan mamnun ekanini tushuntirdi. 
			Carukyan va Xuker o'rtasidagi jang 22 noyabr kuni UFC Fight Night 264 turniri doirasida tashkil etiladi.
"Jastin Getji — menga mos raqib emas. U orqali chempionlikka chiqib bo'lmaydi. U bilan jang — bu bosh og'rig'iga kafolat. Arman Carukyan esa chempionlikka olib boradigan yo'l. Bu — eng yaxshi bo'lish yo'li.
Bu jang menga yoqmoqda. CHunki hamma uni mendan ancha kuchli deb hisoblaydi. SHuning uchun men bu jangdan juda xursandman. Agar mening har qanday muvaffaqiyatli harakatim bo'lsa, u yomon ko'rinadi — chunki hamma uni superatlet, titulga davogar, chempiondan uzoqlashtirib turilgan yigit deb hisoblaydi", - dedi Xuker.
            Havola            :         
                    Manba                : Sky Sport NZ
             
			
Fikrlar