27 dek 18:05
Yangiliklar
"Qaror qabul qilish oson bo'lmaydi". Arshavin - RFIning Osiyoga o'tishi haqida
O'tgan haftada RFI prezidenti Aleksandr Dyukov 27 dekabr kuni OFKga ehtimoliy o'tish bo'yicha qaror qabul qilinishini malum qilgandi.
"UEFA va OFK chetda bizning rahbarlarimizga nima deyayotganini bilish uchun jarayonning ichida bo'lishingiz kerak. Qaror qabul qilish oson bo'lmaydi. Men hozir Aleksandr Valerevich (Dyukov) o'rnida bo'lishni xohlamagan bo'lardim. Intervyudan kelib chiqsak, katta ehtimol bilan ular o'tishga moyil.
Intuitiv ravishda men hech qaerga qo'zg'almasdim, balki ichki futbolimiz – Rossiya musobaqalari, yoshlarni rivojlantirish bilan shug'ullangan bo'lardim. Men xalqaro kun tartibiga etibor qaratmagan bo'lardim, chunki u futbol sohasida emas, balki siyosat sohasida yotibdi.
Mojaro hal bo'lishi bilanoq qandaydir qarorni qabul qilish mumkin bo'ladi", – dedi "Zenit" bosh direktori o'rinbosari.
Fikrlar