So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

23 fev 07:19
Yangiliklar

Kurash

Qarshida O'zbekiston chempionlari aniqlanadi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida kurash bo'yicha 1999-2001 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslariga start berildi.

Qarshi shahridagi “Geolog” sport-sog'lomlashtirish majmuasida o'tkazilayotgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 600 nafar sportchi g'oliblik uchun gilamga tushishgan. SHundan 200 nafarini qizlar tashkil etadi.

Mazkur chempionat bahslarini odil va shaffof o'tishini taminlash maqsadida hakamlik masalasiga xam alohida etibor qaratilgan. Jumladan, O'zbekiston kurash federaciyasining tashabbusi bilan hakamlar uchun ikki kunlik seminar tashkil etilib, musobaqada ishlaydigan hakamlarning malakasi yana bir bor ko'rikdan o'tkazildi.

Hakamlar o'quv-seminariga har bir viloyatdan ikki nafardan referi jalb etildi. Ushbu o'quv-seminarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad – O'zbekiston chempionati bahslarida to'g'ri qaror qabul qilish, nizolarga yo'l qo'ymaslik va eng muhimi, tomoshabinlarga manzur bo'ladigan halol kurash bellashuvlarini tashkil etib berishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston kurash federaciyasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishgan.

Takidlash joiz, bugun yakuniga etadigan ushbu musobaqa mamlakat o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib nomzodlarni saralab olish imkonini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing