24 fev 11:37
Yangiliklar
Tennis
Qatar Open. Karen Xachanov ikkinchi finalchi!
Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha Qatar ExxonMobil Open turnirida ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi.
Dunyoning 17-raketkasi Karen Xachanov finalda bosh sovrin uchun kortga chiqadigan bo'ldi. Rossiyalik tennischi 107 daqiqa davom etgan 1/2 finalda ATP reytingida 46-pog'onadan borayotgan avstraliyalik Aleksey Popirinni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(12), 6/2.
Karen tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi ustunligini mustahkamladi - 3:1. Xachanov 6, Popirin 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rossiyalik faoliyatida sakkizinchi bor ATP turniri finalida o'ynaydi. Ettita finaldan 5 tasida u bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Karen Qatar ExxonMobil Open finalida chexiyalik 18 yoshli Yakub Menshikka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar