08 iyu 22:34
Yangiliklar
Futbol

Qatar terma jamoasi Toshkentga etib keldi + FOTO
Xulen Lopetegi boshchiligidagi Qatar terma jamoasi Toshkent shahriga etib keldi.
Xabaringiz bor, 10 iyun sanasida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tadi. BAA safaridan O'zbekiston milliy terma jamoasi bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordi.
Amaldagi Osiyo chempionlari esa bir necha soat avval Toshkentga etib keldi. Qatar terma jamoasi safida ikki nafar o'zgarish ro'y berdi. "Al Vakra"ning yosh himoyachisi Nabil Erfan va "Al Duhayl" himoyachisi Mohammed Ayash bosh murabbiy Xulen Lopetegi tomonidan terma jamoaga chaqirildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida soat 18:45 boshlanadi.
Havola :
Fikrlar