11 jan 14:18
Yangiliklar
Qatarlik investorlar "Tottenxem"ning 25 foiz ulushini sotib oladi
Franciyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi o'tgan hafta Londonda Deniel Levi bilan ko'rishdi. Leviga yaqin manbalar ushbu uchrashuv faqatgina do'stona asosda bo'lib o'tganini takidladi.
Soha mutaxassislarining malum qilishlaricha, "Qatar Sports Investment" 1 milliard funtga yaqin mablag' evaziga klubning 25 foiz akciyasini sotib olishi mumkin. QSI o'zining bir vaqtda bir necha klublarga egalik qilish modelini amalga oshirmoqchi. Kompaniya Qatardagi Jahon chempionatidan keyin biror klubga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda Angliyada "Manchester Yunayted" va "Liverpul" investorlar tomonidan "ovlanmoqda". UEFAning Evropa klublari musobaqalarida bir xil mulkchilik ostidagi jamoalar to'g'risidagi qoidalariga ko'ra, QSI faqatgina ozchilik ulushga egalik qilishi mumkin.
Investorlar guruhi o'tgan yilning oktyabr oyida Portugaliyaning "Braga" klubi 22 foiz akciyalarini 90 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar