26 apr 15:21
Yangiliklar

Qatorasiga ikkinchi bor umumjamoa hisobida Osiyo birinchi bo'ldik!
Hozirgina erkaklar o'rtasidagi eng so'nggi vazn toifasidagi final jangi yakunlandi. Ushbu jang O'zbekiston va Qozog'iston bokschilarining o'zaro hisob-kitobida ham muhim ahamiyat kasb etardi. Jalolov Kamshibekni mag'lub etish bilan birga O'zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida yaqqol ustunlik bilan birinchi o'rinni egallashini taminladi.
O'nta vazn toifasidan 4 tasida oltin medalni qo'lga kiritgan jamoamiz medallar sifati bo'yicha Qozog'istondan o'zib ketdi. CHarm qo'lqop ustalarimiz yana bittadan kumush va bronza medallariga ham ega chiqishdi. Sanjar Tursunov (-91 kg) kumush, SHukurjon Rahimov (-60 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Oltin medal egalari:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-69 kg: Bobo Usmon Baturov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Kumush medal egasi:
-91 kg: Sanjar Tursunov
Bronza medal egasi:
-60 kg: SHukurjon Rahimov
Fikrlar
Шаҳноза Юнусова (-69 кг)
Ёдгорой Мирзаева (-57 кг)
Мафтуна Мелиева (-64 кг
Ёдгорой Мирзаева (-57 кг)
Мафтуна Мелиева (-64 кг
2. Казахстан — 2-2-3 (7)
3. Индия — 1-3-3 (7).