18 mar 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Qaynoq xabar! SHohjahon Ergashev Moskva orqali AQSHga uchib ketyapti
Ayni daqiqalarda engilmas professional bokschimiz SHohjahon Ergashev Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo'lib turibdi.
CHarm qo'lqop ustamiz ona Vatanda o'tkazgan qisqa tatilini yakunlab, yana AQSHga jo'nab ketyapti. SHohjahon avval Moskvaga uchadi va Rossiya Federaciyasi poytaxtida bir necha kun bo'lganidan so'ng Amerikaga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev o'zining so'nggi jangida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik bokschi Maykl Foksdan 10 raundlik jang yakunida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar