So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

07 mar 17:50
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichboz qizlarimiz Osiyo chempionatining jamoaviy bahslarida sovrindor bo'lishdi

Teglar :  Qilichbozlik
Iordaniya poytaxti Amman shahrida qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Bungacha o'smirlar o'rtasidagi bahslarda sablya yo'nalishida SHerzod Mamutov, shuningdek jamoaviy bahslarda o'g'il bolalar o'rtasida yigitlarimiz bronza medaliga ega chiqishgandi. 

Bugun yoshlar o'rtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Quvonarlisi, sablya yo'nalishining qizlar o'rtasidagi jamoaviy bahslarida terma jamoamiz azolari bronza medalini qo'lga kiritishdi. Hamyurtlarimiz chorak finalda tarkibida sobiq jahon chempioni bo'lgan Singapur terma jamoasini 45:44 hisobida mag'lub etishdi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya vakillariga 35:45 hisobida imkoniyat boy berildi. SHu orqali sportchilarimiz bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Yarim finalda mag'lub bo'lgan qizlarimiz ikkinchi juftlikda Xitoyga yutqazgan yaponiyalik raqibalariga to'qnash kelishdi va 45:31 hisobida g'alaba qozonishdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, yarim finalda mag'lub bo'lgan jamoalar bronza medalini qo'lga kiritishadi. Yaponiyaga qarshi bahs orqali esa qo'shimcha reyting ochkolari ishlab olindi. Qayd etish lozimki, Yaponiya musobaqada birinchi raqam ostida saralangan terma jamoa hisoblanadi.

CHempionat davomida yurtimiz sharafini Zaynab Dayibekova, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova kabi sportchilarimiz himoya qilishdi. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing