31 okt 19:28
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozimiz Moskvadagi turnirda oltin medal qo'lga kiritdi
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Moskva shahrida qilichbozlik bo'yicha kadetlar o'rtasida "Yunost Moskvy" Rossiya ochiq turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada mahalliy rossiyalik qilichbozlardan tashqari O'zbekiston, Qozog'iston va Ukrainadan ham yosh qilichbozlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
Kecha rapira yo'nalishida hamyurtimiz Muhammadyusuf Asranov bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
Bugun sablya bellashuvlarida Pazilbek Genjebaev barcha raqiblarini mag'lub etgan holda oltin medalga sazovor bo'ldi.
Musobaqada shuningdek boshqa bir sportchimiz Azizbek Dauletnazarov ham ishtirok etdi, ammo u sovrindorlar qatoridan o'rin ola bilmadi. Mazkur yo'nalishda g'oliblik uchun 102 nafar qilichboz kurash olib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar