07 iyu 16:07
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Osiyo chempionatidan so'ng navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.
Rejaga muvofiq, shpaga va rapira qurollaridagi sportchilarimiz federaciyaning Toshkent shahridagi bazasida, sablyachilarimiz esa “Yangiobod sport bazasi”da mashg'ulotlarni olib borishyapti.
Mazkur yig'in 22-30 iyul kunlari Italiyaning Milan shahrida o'tadigan jahon chempionati uchun asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab beradi. Qayd etish joiz, bo'lajak dunyo birinchiligida Parij-2024 Olimpiadasi uchun eng yirik reyting ochkolari o'ynaladi. Terma jamoalarimiz undan keyin Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar