So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

24 jan 14:07
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz Jahon Kubogida ishtirok etadilar

Teglar :  Qilichbozlik
Germaniyaning Haydenhaym shahrida 25 yanvar kuni qilichbozlikning shpaga yo'nalishi bo'yicha Jahon Kubogi bosqichi start oladi.

Mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini to'rt nafar sportchi himoya qiladi. 

SHpagachilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etishadi: 

Roman Aleksandrov

Igor Knyazev 

Javohirbek Nurmatov 

Abdulvosid Nasirdinov 


Sportchilarimiz 22 yanvar kuni bosh murabbiy Ruslan Kudaev boshchiligida Germaniyaga jo'nab ketishdi. Safar oldidan terma jamoamiz vakillari musobaqaga ko'rilgan tayyorgarlik jarayoni haqida o'z fikrlarini bildirishdi. 

Ruslan Kudaev (shpaga yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, Jahon chempionati finalchisi, Osiyo chempionati kumush medali sohibi, London Olimpiadasi ishtirokchisi): 

"Hozirda biz qitadagi to'rt yillikning eng muhim musobaqasi – Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Germaniyada Jahon Kubogi doirasidagi birinchi musobaqa bo'lib o'tadi. Tayyorgarlikni biz o'tgan yilning sentyabr oyidan boshlab yuborganmiz, xususan, uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarida bo'ldik, Yaponiya, Rossiya kabi mamlakatlarda yig'inlar o'tkazdik. 

Musobaqa oldidan so'nggi yig'inni Toshkent shahrida tashkil qilishga qaror qildik. O'ylaymanki, hozirda sportchilarimizning tayyorgarlik darajasi yuqori. Biz muvaffaqqiyatli natija uchun astoydil harakat qilamiz. Musobaqa juda nufuzli ekanligi barchaga malum va bu zimmamizga juda katta masuliyat yuklaydi. Jahon kubogida kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. Bugungi kunda qilichbozlik barcha mamlakatlarda rivojlanmoqda. Osiyo mamlakatlari ham hozirda kuchli. Janubiy Koreya, Yaponiya va Qozog'istonlik sportchilar doimiy ravishda yuqori natijalarni ko'rsatib kelmoqdalar. Biz aynan kimga qarshi kurashishimiz qura tashlash jarayonida aniqlanadi va unga ko'p narsa bog'liq. 

Bir necha kun oldin ishtirokchilar soni allaqachon 300 nafardan oshgandi va bu son yanada ko'payishi kutiladi. Bu albatta juda katta sondir. Ammo, shpagaga kelganda, buning ajablanarli joyi yo'q. CHunki shpaga bo'yicha hech bir musobaqada ishtirokchilar soni 250 nafardan kam bo'lmaydi. Qilichbozlikning eng ommaviy turi shpagadir. Bu yo'nalish barcha mamlakatlarda rivojlangan. Misol uchun, Estoniya va Qirg'isizston kabi davlatlarda faqat shpaga yo'nalishi mavjud. Bu holat ko'plab boshqa mamlakatlarda ham kuzatiladi”. 


Igor Knyazev (O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, sport ustasi, Navoiy viloyati, yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatlarida ikki marotaba kumush medal sohibi, ko'p marotaba O'zbekiston chempioni. 12 yildan beri qilichbozlik bilan shug'ullanib kelmoqda):

“Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkillashtirildi. Oldimizda turgan turnirda biz muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz. Bu hozirgi kunda bizning asosiy maqsadimizdir. Albatta, Germaniyadagi musobaqa nufuzli. U erda dunyoning eng kuchli sportchilari qatnashadi. Jahon kubogi o'z ichiga bir qator musobaqalarni oladi va barcha mamlakatlar bu musobaqaga o'zining eng kuchli sportchilarini yuborishadi. Ushbu sport asoschilari bo'lmish franciyalik qilichbozlarga qarshi kurashish doim mushkul vazifa bo'lib kelgan. Bundan tashqari Koreya, Xitoy, Yaponiya va Italiyadan tashrif buyuradigan sportchilar ham juda kuchli. Murabbiyim takidlab o'tganidek, ko'p narsa qura tashlash jarayonida hal bo'ladi. Ammo, bizda qo'rquv yo'q. CHunki biz puxta tayyorgarlik ko'rdik va yangi mavsumni omadli boshlashni maqsad qilib qo'yganmiz”. 

Malumot uchun, musobaqa 25-27 yanvar kunlari o'tkaziladi. Unda sportchilarimiz yakkalik va jamoaviy bahslarda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Terma jamoamiz Toshkentga 29 yanvar kuni qaytib keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing