So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

14 fev 17:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz Novosibirskda yig'in o'tkazmoqdalar

Teglar :  Qilichbozlik
O'zbekiston Kadetlar terma jamoasi 6 fevraldan buyon Rossiyaning Novosibirsk shahrida dunyoning eng kuchli qilichbozlari bilan birga mashg'ulotlar o'tkazmoqda.


Ushbu yig'inda umumiy hisobda 12 nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. Ulardan 7 nafari o'smirlar, 5 nafari qiz bolalardir. Yig'in Taylandda bo'lib o'tishi kutilayotgan kadetlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga (22 fevral - 5 mart) tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Bundan tashqari vakillarimiz Bolgariyada bo'ladigan jahon chempionati (1-10 aprel) va 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiadasida ham ishtirok etishlari kutilmoqda.



(Suratda: (chapdan o'ngga) Dushanboev Jaloliddin, Rasulov Bobir, Limarev Ivan (Nankin Olimpiadasi g'olibi), Olimjonov Bekzod, Baxtiyorov Abdulaziz)

Malumot uchun, Novosibirskdagi "Qilichbozlar tayyorlash sport markazi" tarbiyalanuvchilari 2016 yil davomida turli xalqaro sovrinlarda 248 ta medalni qo'lga kiritdilar. Ular ichida Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari g'olibi Gavrilova Yuliyani ham ko'rsatishimiz mumkin.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi sportchilari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Ushbu mashg'ulotlar "Spartak" stadionida va Stanislav Pozdnyakov nomidagi markazda bo'lib o'tmoqda.


Tayyorgarliklar davomida sportchilarning mahoratini oshirish va tiklanish mashqlari (basseyn, sauna) o'tkazilmoqda.


SHuningdek, Novosibirsk jamoalari bilan uchrashuvlar ham o'tkazilmoqda


Suratda: Nosirov Nurali (sablya bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi), Boris Piseckiy (Novosibirsk viloyati katta murabbiyi, 4 karra jahon chempioni), Nosirov SHerali (Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi menejeri).



Qilichbozlarda bir gap bor: "Qilichbozni oyoqlari boqadi". Konkidagi mashqlar oyoqlarni mustahkamlash va muvozanatni ushlab turishda juda muhim rol o'ynaydi.



Mashg'ulot jarayoni

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing