27 dek 11:55
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimiz Vengriyaga yo'l olishdi
Hamyurtlarimiz ushbu shaharda xalqaro o'quv-yig'in mashg'ulotida ishtirok etishadi.
Qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi etakchilari, yakkalik dasturda Parij-2024 yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan Zaynab Dayibekova, SHerzod Mamutov hamda Musa Aymuratov Vengriyaga yo'l olishdi.
Xalqaro qilichbozlik federaciyasi (FEI) taqvimiga ko'ra, Budapesht 6-7 yanvar kunlari yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa doirasida M.Aymuratov o'z omadini sinab ko'radi. Vengriya yig'ini yakuniga etganidan so'ng yurtdoshlarimiz 10 yanvar kuni Tunisda o'tadigan kattalar o'rtasidagi Gran-pri turniriga yo'l olishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar