04 dek 13:18
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimizdan oltin dubl
Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O'zbekiston terma jamoasi uchun ajoyib yakunlandi.
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlarimiz ham, yigitlarimiz ham dunyoning kuchli jamoalarini mag'lub etib, oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Xalqaro qilichbozlik federaciyasi tomonidan o'z yo'nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb etirof etilgan yigitlarimiz musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag'lubiyatga uchratdi. Qizlarimiz esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.
Yigitlar:
1. O'zbekiston
2. Turkiya
3. Rumyniya
Qizlar:
1. O'zbekiston
2. Italiya
3. Polsha
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar