So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

10 iyu 15:20
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimizning mashg'ulot jarayonlari va murabbiy fikri VIDEO

Teglar :  QilichbozlikVideo
O'zbekistonlik qilichbozlar Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqdalar.


Biz sportchilarimizning mashg'ulot jarayonlariga tashrif buyurdik. SHuningdek, rapira bo'yicha terma jamoamiz katta murabbiyi Irina Vasilevaning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ayni paytda qilichbozlarimiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Gonkongda bo'lib o'tadigan qita chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarni Respublika chempionatida aniqlab oldik. Hozirda terma jamoamiz Rossiyada yig'in o'tkazmoqda. U erdagi Olimpiya bazasida Rossiya terma jamoasi bilan birga mashg'ulotlar o'tkazmoqdalar. U erda Olimpiada chempionlari bilan birga shug'ullanmoqdalar. Kecha shuningdek yig'inga Avstriya terma jamoasi qilichbozlari ham qo'shildilar.

Yakshanba kuni jamoa Toshkentga keladi va ertasiga Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Gonkongga uchib ketadi.

Taxminlar? Medalga umid qilmoqdamiz. Lekin, oldindan bashorat qilmaymiz. Osiyo chempionati uchun ishlab chiqilgan barcha rejalar amalga oshirildi. Qoniqarli natijalar kutamiz.

Osiyo chempionatida turli mamlakatlardan 80 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. U erga Osiyoning kuchli qilichbozlari tashrif buyuradilar.

O'zbekistondan umumiy hisobda 11 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Ular Respublikamizning eng yaxshi qilichbozlari hisoblanadilar", - deydi murabbiy Irina Anatolevna.

Videoni tomosha qilish (TAS-IX) > > > http://mytube.uz/tracks/544143.htm

YouTube'da ko'rish


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing